Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida 21-band. Ekspert xulosasi deganda, ekspert tomonidan yozma shaklda taqdim etilgan, muayyan…

Ekspert xulosasi deganda, ekspert tomonidan yozma shaklda taqdim etilgan, muayyan fuqarolik ishini toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan, sud ajrimi asosida uning oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, batafsil tadqiqot qilingan va asoslantirilgan xulosalarni ifoda etgan, dalil turining biri tushuniladi. Qonunga muvofiq, ekspert xulosasi kirish, tekshiruv va xulosadan iborat boʻlishini sudlar nazarda tutmoqlari lozim.