FPK 80-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emasligini hisobga olgan holda, sudlar ekspert xulosasi boshqa dalillar qatorida ishning hamma holatlarini jamlagan holda har taraflama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan sudyalarning ichki ishonchiga koʻra baholanishi lozimligini nazarda tutishlari lozim. Sudlar ekspert xulosalarini baholashda uning malakasini, taraflarning manfaatlariga rioya qilinganligini, qoʻllanilgan usullarning ishonchli asoslantirilganligini, shuningdek ekspertlarga yetarli materiallar va tegishli tekshiruv obyektlari taqdim etilganligini hisobga olishlari lozim. Ekspertning ehtimol tutilgan xulosasi sud qaroriga asos qilib olinishi mumkin emas. Sudning ekspert xulosasi bilan kelishmaganligi ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatida asoslantirilishi shart.