Sudlarning eʼtibori FPK 58-moddasiga muvofiq ekspertiza tadqiqotlari qonunda belgilangan tartibda ekspert etib tayinlangan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkinligiga qaratilsin. Bunda sud eksperti sifatida oliy maʼlumotga, istisno hollarda oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlgan, ekspertizaning tegishli sohasi boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va sud eksperti malakasiga ega boʻlgan davlat sud-ekspertiza muassasasining xodimi (davlat sud eksperti); sud tomonidan jalb etilgan boshqa (sud-ekspertlik ixtisosiga ega boʻlmagan) muassasa xodimi yoki mutaxassis ishtirok etishi mumkin. Sud tomonidan ekspertiza oʻtkazish yuklatilgan boshqa (sud-ekspert ixtisosiga ega boʻlmagan) muassasa xodimi ekspertiza tayinlagan sudning muassasaga bergan topshirigʻini bajarish tartibida ekspertiza oʻtkazishga haqlidir.