Sudlarga ekspertiza tayinlash haqida sud ajrimi chiqarishni tartibga soluvchi protsessual qonun (FPK 95 — 101-moddalari ) normalariga aniq rioya etish zarurligi tushuntirilsin. Ekspertiza tayinlash haqidagi sud ajrimi asoslantirilgan boʻlishi, xususan ajrimda ekspertiza tayinlash uchun asos boʻlgan holatlar, tarafning aynan qaysi vaji yoki ishning aynan qaysi holati tekshirilishi va ushbu holatni tekshirish uchun qaysi sohadagi mutaxassis fikri talab qilinishi aniq va batafsil qayd etilmogʻi lozim. Materiallar ekspertizaga yuborilayotganda sud tomonidan ekspert ixtiyoriga quyidagilar taqdim qilinishi kerak: tegishli ekspertizani tayinlash haqida ajrim; ekspert tekshiruvi obyekti boʻlgan predmetlar va hujjatlar, zarur hollarda esa taqqoslash tekshiruvini oʻtkazish uchun namunalar hamda oʻzida ekspertiza predmetiga taalluqli maʼlumotlarni mujassamlashtirgan boshqa hujjatlar (koʻzdan kechirish, soʻroq qilish va boshqa protsessual harakatlar bayonnomalari, maʼlumotnomalar, koʻchirmalar, fotosuratlar va boshqa). Ekspertiza tayinlash haqidagi sud ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan vaqt va joy; 2) ekspertiza tayinlagan sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining kotibi; 3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar; 4) ekspertiza tayinlangan ish toʻgʻrisida maʼlumotlar; 5) ekspertiza tayinlash asoslari; 6) ekspertiza oʻtkazish yuklatilgan muassasaning nomi; 7) ekspert oldiga qoʻyilgan savollar; 8) taqdim etilgan obyektlar va materiallar, zarur hollarda esa ekspert tekshiruvi obyekti bilan muomala qilishning alohida shartlari. Ekspertiza oʻtkazish turli muassasa shtatida boʻlgan ikki yoki undan ortiq ekspertlarga topshirilganda, ajrimda tekshiruv qaysi ixtisosdagi ekspertlar tomonidan oʻtkazilishi kerakligi, ekspertlar komissiyasi faoliyatini tashkil qilish qaysi ekspert muassasasiga yuklatilganligi, tekshirilishi lozim boʻlgan obyektlar va boshqa materiallar qaysi ekspertiza muassasasiga yuborilayotganligi ham koʻrsatilishi lozim. Sud