Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 12-band. FPK 133-moddasiga asosan ham jismoniy, ham yuridik shaxsdan davlat foydasiga…

FPK 133-moddasiga asosan ham jismoniy, ham yuridik shaxsdan davlat foydasiga undiriladigan sud xarajatlarini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki miqdorini kamaytirish masalasini hal qilishda, sud ularning bu xarajatlarni bir yoʻla yoki qisman toʻlashga qurbi yetmasligini tasdiqlovchi dalillar mavjudligini (masalan, ish haqi (daromadi), bankda mablagʻlari mavjud emasligi, arizachining oilasi kam taʼminlangan deb tan olinganligi toʻgʻrisidagi vakolatli organning maʼlumoti (maʼlumotnomasi) va hokazo) tekshirishi lozim. Yuridik shaxslar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar davlat boji toʻlovini kechiktirish, kamaytirish, boʻlib-boʻlib toʻlash haqida iltimosnoma bilan murojaat qilib, unga bankning hisob raqamida pul mablagʻi mavjud emasligi yoki yetarli emasligi haqidagi maʼlumotnomani ilova qilganda, ushbu maʼlumotnoma sudga murojaat qilingan kundan koʻpi bilan uch kun oldingi sana bilan qayd etilgan boʻlishi lozimligi, bu muddatdan avvalgi sanadagi maʼlumotnoma inobatga olinmasligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.