Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 24-band. Daʼvo qanoatlantirilib, javobgarlar zimmasiga solidar javobgarlik yuklatilganda, sud…

Daʼvo qanoatlantirilib, javobgarlar zimmasiga solidar javobgarlik yuklatilganda, sud javobgarlardan davlat bojini ham solidar tartibda undiradi. Bu qoida fuqarolik ishini koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarni undirishga ham tatbiq etiladi, bundan protsessual sherik ishtirokchining talabi bilan va faqat uning manfaatida amalga oshirilgan protsessual harakatlar uchun qilingan va boshqa protsessual sherik ishtirokchilar tomonidan qoplanmaydigan xarajatlar mustasno.