FKning 112-moddasi 2-qismiga muvofiq esa shartnomaning notarial shakli sudlar inobatga olishi lozim boʻlgan qatʼiy belgilangan shartlar mavjud boʻlganda, jumladan, agar bir taraf notarial rasmiylashtirishdan bosh tortganda, sudning qarori bilan toʻldirilishi mumkin. Bunda amalga oshirilgan bitimning qonuniyligi asosiy shart boʻlib hisoblanadi. Bunday ishlar boʻyicha turar-joy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, qonun bilan himoyalangan huquq va manfaatlariga taʼsir qiladigan yoki bunday huquqlari buzilayotgan shaxslar, bitimning biror ishtirokchisi vafot etgan hollarda esa uning merosxoʻrlari jalb qilinishlari lozim.