Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, taraflardan biri tomonidan bitimning toʻla yoki qisman bajarilishi yozma dalillar mavjud boʻlganda eʼtiborga olinishi mumkin. Oldi-sotdi bitimining haqiqiyligi sotuvchiga kvartira yoki uy qiymatini toʻla yoki qisman berish qismini amalga oshirilganligi guvohlar koʻrsatmasi bilan tasdiqlanishi mumkin emas. FPK 74-moddasiga binoan qonun boʻyicha ishning muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlgan holatlarni boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlash mumkin emas. Sud nizoni hal etishda bitimning haqiqiyligini tasdiqlash uchun manfaatdor tomonlar taqdim etgan yozma dalillar (tasdiqlanmagan shartnoma, tilxat)ning haqiqiyligiga ishonch hosil qilishi lozim. Sud zarur hollarda (masalan, sobiq mulkdorning vafot etganligi yoki uning manzilini aniqlash imkoni boʻlmagan hollarda) sud-xatshunoslik ekspertizasi tayinlash masalasining maqsadga muvofiqligini hal etishi lozim. Qisman bajarilgan bitimni haqiqiy deb topishda sud bitimning qolgan qismini bajarish va pul summasini, shuningdek, davlat foydasiga tegishli miqdordagi davlat bojini undirish masalasini hal qilishi zarur.