Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 13-band. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda…

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tayyorlash deganda, qonunchilikni buzgan holda tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklardan, dorivor, kimyoviy va boshqa moddalardan foydalanish yoki isteʼmol qilishga tayyor bir yoki bir necha giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar olinishi tushunilishi lozim. Tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni maydalash, quritish, uvalash (kukun qilish), giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qoʻshimcha ishlov (bugʻlash, tozalash, haydash va sh.k.) bermay suvda eritish natijasida moddaning kimyoviy tuzilmasi oʻzgarmasligi sababli, bular giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini tayyorlash deb qaralishi mumkin emas.