Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 15-band. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda…

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda yoʻq qilish deganda, bunday vosita yoki moddalarni qonunchilikda belgilangan qoida va tartibni buzgan holda yoʻq qilishga qasddan qaratilgan harakatlar tushunilishi lozim. Jinoyat qonunida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda yoʻq qilish uchun maxsus norma mavjud emasligi sababli, bunday hollarda aybdorning harakatlari JK mansabdorlik jinoyatlari uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.