Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 23-band. Shaxsning gʻaraz maqsadda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop…

Shaxsning gʻaraz maqsadda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar niqobi ostida qandaydir boshqa vosita yoki moddalarni oʻtkazishda ifodalangan harakatlari firibgarlik sifatida, oluvchining harakatlari esa — giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda olishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak.