Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 30-band. JK 275-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti, faqat belgilangan tartibga…

JK 275-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti, faqat belgilangan tartibga (masalan, xizmat yoʻriqnomasi, yuqori turuvchi mansabdor shaxsning buyrugʻi yoki farmoyishi) koʻra vazifasiga mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etishda tegishli qoidalarga amal qilish yoki buning ustidan nazorat qilish kiradigan shaxs hisoblanadi. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar bilan muomala qilish qoidalarini buzish shaxs tomonidan ham qasddan, ham ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilishi mumkin. Bunda mazkur jinoyat tarkibi mavjudligini aniqlash uchun shaxs tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni, bunday vositalar yoki moddalarni ishlab chiqishda foydalaniladigan va alohida nazoratda turadigan uskuna va jihozlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta ishlash, taqsimlash, tashish, joʻnatish, olish, foydalanish, olib kirish, olib chiqish yoki yoʻq qilish qoidalari buzilganligini aniqlash zarur.