Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bogʻliq jinoyatlarga oid ishlar boʻyicha ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi masalani sudlar ularni saqlash, davlatga topshirish va yoʻq qilishning oʻrnatilgan tartibiga qatʼiy amal qilgan holda hukmda hal etishlari lozim. Sudlarning eʼtibori hukmlarning bunday turdagi ashyoviy dalillarni yoʻq qilishga oid qismi ijrosi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishlari zarurligiga qaratilsin.