Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 6-band. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda…

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda saqlash deganda, shaxsning bunday vosita va moddalarga qonunga zid ravishda egalik qilishi (shu jumladan shaxsan isteʼmoli) bilan bogʻliq qasddan sodir etilgan harakatlari (yonida, binoda, maxfiy yer va boshqa joylarda saqlashi) tushunilishi lozim. Bunda shaxs qancha vaqt davomida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda saqlaganligi ahamiyat kasb etmaydi.