Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 14-band. Jinoyat ishi boʻyicha himoyachi yordamidan foydalanish gumon qilinuvchining…

Jinoyat ishi boʻyicha himoyachi yordamidan foydalanish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining huquqi hisoblanadi. Shu tufayli ham u ish yurituvning istalgan paytida himoyachidan voz kechishi mumkin. Himoyachidan voz kechganlik toʻgʻrisida sabablari koʻrsatilgan holda yozma murojaat taqdim etiladi. Himoyachidan voz kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining tashabbusi bilan va surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan himoyachining real ishtiroki taʼminlangan va u himoyasi ostidagi shaxs bilan xoli uchrashganidan soʻng himoyadan voz kechilganligini tasdiqlagan holda amalga oshiriladi. Bunda himoyachidan voz kechish jarayoni, albatta, videoyozuv orqali qayd etilishi shart. Himoyachidan voz kechilganligi haqida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek advokat, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuzilishi yoxud sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyilishi shart. Videoyozuv materiallari va himoyachining ishda ishtirok etishga vakolati borligini tasdiqlovchi hujjatlar (advokatning orderi, qonuniy vakil vakolatini tasdiqlovchi hujjat va h.k.) bayonnomaga ilova qilinadi. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining himoyachidan voz kechishiga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar: u voyaga yetmagan boʻlsa; u jismoniy nuqsoni (kar, soqov, koʻr va h.k.) yoki ruhiy holati buzilgani tufayli oʻzini oʻzi himoya qilishga qiynalsa; u sudlov ishi yuritilayotgan tilni bilmasa; u umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin boʻlgan jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan, ayblanayotgan boʻlsa; ishda davlat yoki jamoat ayblovchisi ishtirok etayotgan boʻlsa; ishda advokat jabrlanuvchining vakili sifatida ishtirok etayotgan boʻlsa; ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotgan boʻlsa; shaxs oʻta ogʻir jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan boʻlsa; unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, shuningdek qamoqda saqla