Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 18-band. Qonun talabiga koʻra (JPK 17 , 88-moddalari ) surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud…

Qonun talabiga koʻra (JPK 17 , 88-moddalari ) surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining shaʼni va qadr-qimmatini kamsitishga haqli emas. Dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari qoʻriqlanishi taʼminlanishi kerak. Dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash jarayonida qiynoqqa solish, zoʻrlik ishlatish hamda insonga nisbatan boshqa shafqatsiz yoki uning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi munosabatda boʻlish qatʼiyan man etiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1984-yil 10-dekabrda qabul qilgan “Qiynoqlarga solishga va muomalada boʻlish va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi konvensiya ”ga koʻra “qiynoq” har qanday tusdagi shunday harakatni anglatadiki, u bilan qandaydir shaxsga undan yoki uchinchi shaxsdan maʼlumotlar yoki eʼtirof olish, uni u yoki uchinchi shaxs sodir etgan yoki sodir etishda u gumon qilinadigan harakat uchun jazolash, shuningdek, uni yoki uchinchi shaxsni qoʻrqitish yoki zoʻrlash maqsadida yoki bunday ogʻriq yoki azob davlatning mansabdor shaxsi yoki rasmiy sifatdagi boshqa shaxs yoki ularning gijgijlashi bilan yoki ularning xabardorligida yoki indamay roziligi bilan har qanday tusdagi kamsitishga asoslangan har qanday sabab boʻyicha qasddan kuchli ogʻriq yoki jismoniy yoxud maʼnaviy azob beriladi.