Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 27-band. Sud ishning apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida koʻrilishi kuni…

Sud ishning apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida koʻrilishi kuni toʻgʻrisida JPK 53-moddasi talabiga koʻra, mahkumning himoyachisini va qonuniy vakilini xabardor qilishi shart. Ushbu talabga rioya etmaslik ishni koʻrish boshqa kunga qoldirilishiga sabab boʻladi. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi tomonidan ishning himoyachi ishtirokisiz koʻrilishi, agar u sud majlisi vaqti toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinmagan va bu uning sud majlisida ishtirok etishi imkoniyatidan mahrum qilgan boʻlsa, bu holat jinoyat-protsessual qonun talablarining jiddiy buzilishi deb hisoblanadi. JPK 51-moddasida nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi majlisida himoyachining ishtiroki taʼminlanishi shart.