Himoya huquqi jinoyat-sudlov ishlarini yuritishning barcha bosqichida taʼminlanadi. Qonunga koʻra (JPK 24 , 64-moddalari ), jinoyat ishini yuritishga masʼul barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning huquqlarini tushuntirishlari va oʻziga tegishli himoya huquqidan amalda foydalanishi uchun real sharoit yaratib berishlari shart.