Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 30-band. Sud hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni JPK 532 , 542-moddalari tartibida hal…

Sud hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni JPK 532 , 542-moddalari tartibida hal qilishda himoyachining ishtirok etishiga, agar bu haqda mahkum, uning qarindoshlari yoki boshqa manfaatdor shaxslar iltimos qilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyishi mumkin. Voyaga yetmagan mahkumga nisbatan, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy holati buzilgan mahkumga nisbatan chiqarilgan hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalar himoyachi ishtirokida koʻrilishi shart.