Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 5-band. Gumon qilinuvchini, ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashning muhim kafolati —…

Gumon qilinuvchini, ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashning muhim kafolati — uning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguncha va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlanmaguncha aybdor hisoblanmasligi haqidagi Konstitutsiyada belgilangan aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga qatʼiy amal etilishidadir. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi zimmasiga koʻrsatuv berish majburiyati yuklanishi mumkin emas, oʻz aybsizligini yoki ish boʻyicha biror-bir holatni isbotlash masʼuliyatini yuklashga ham yoʻl qoʻyilmaydi. Qonunga asosan bunday majburiyat jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlari mansabdor shaxslarining zimmasiga yuklatilgan. Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etishning imkoni boʻlmasa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi foydasiga hal qilinishi kerak. Qonunni qoʻllashda kelib chiqqan har qanday shubha ham uning foydasiga hal etiladi.