Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 9-band. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini real taʼminlash maqsadida, shaxs…

Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini real taʼminlash maqsadida, shaxs JPK 221 , 227-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ushlangan, unga nisbatan qamoqqa olish (JPK 242-moddasi ) yoki uy qamogʻi (JPK 242¹-moddasi ) tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan, shuningdek shaxs sud ekspertizasi oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan (JPK 265-moddasi ) hollarda jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlarining mansabdor shaxslari shaxsga nisbatan protsessual majburlov chorasi qoʻllanilganligi va uning ushlab turilgan joyi toʻgʻrisida darhol JPK 217-moddasida koʻrsatilgan shaxslar yoki tashkilotlarga xabar berishlari shart.