Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 1-band. Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlar deganda, harbiy xizmatchilar…

Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlar deganda, harbiy xizmatchilar tomonidan, shuningdek, harbiy yigʻinlar vaqtida harbiy xizmatga majbur shaxslar tomonidan harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar tushuniladi. Harbiy xizmatni oʻtash tartibi qonunlar va harbiy nizomlarda belgilab quyilgan qoʻshinlar hayoti va jangovar faoliyati jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarda namoyon boʻladi. Mazkur hujjatlarda harbiy xizmat fuqaroning konstitutsiyaviy burchi ekanligi, yakkaboshchilik va undan kelib chiqadigan tobe shaxsning boshliqqa soʻzsiz itoat qilishi, ushbu munosabatlar subyektlari huquq va erkinliklarining aniq belgilab qoʻyilishi kabi harbiy tashkilot tamoyillari mustahkamlab qoʻyilgan.