JKning 280-moddasida nazarda tutilgan qilmishni kvalifikatsiya qilishda subyektiv tomondan buyruqni ehtiyotsizlik oqibatida bajarmaslik kabi harakatlar, yaʼni buyruqda belgilangan koʻrsatmalarni bajarmaslik, buyruq bilan taqiqlangan harakatlarni bajarish yoki buyruqni talab darajasida (kechiktirib, toʻliqsiz, noaniq) bajarmaslik hisoblanadi. Shu bilan birga boʻysunmaslik jinoyatidan (JKning 279-moddasi ) faqat subyektiv tomonidan farq qiladi, yaʼni jinoyat oʻz-oʻziga ishonish yoki beparvolik tarzidagi ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladi. Sudlar shunga eʼtibor berishlari kerakki, JKning 40-moddasi hamda Ichki xizmat nizomining 38-bandi talabidan kelib chiqqan holda, boʻysunuvchining noqonuniyligi oldindan ayon boʻlgan buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortishi, boshqacha tarzda qasddan bajarmasligi yoxud ehtiyotsizlik orqasida bajarmasligi JKning 279 , 280-moddalarida nazarda tutilgan javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.