Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 24-band. Boʻysunuvchining oʻz boshligʻini yoki boshliqning boʻysunuvchini haqorat qilishi jinoyati…

Boʻysunuvchining oʻz boshligʻini yoki boshliqning boʻysunuvchini haqorat qilishi jinoyati uchun javobgarlik kelib chiqishi uchun faqat u avval intizomiy javobgarlikka tortilgan va yechilmagan boʻlishi lozimligi talab etiladi. Harbiy xizmatchilar oʻrtasida boʻysunish munosabatlari tartibi mavjud boʻlmasa, harbiy xizmatchi boshqa bir harbiy xizmatchini yoki fuqaroni haqorat qilsa, aybdorning harakatlariga MJtKning 16-moddasi talabidan kelib chiqqan holda, JKning 140-moddasi boʻyicha javobgarlikni vujudga keltiradi. Haqorat qilish harbiy qism hududida va harbiy xizmat vaqtida ham, harbiy qism hududidan tashqarida, harbiy xizmatdan tashqari vaqtda ham sodir etilishi mumkin.