Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 25-band. Oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish deganda xizmatdoshlarini oʻziga…

Oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish deganda xizmatdoshlarini oʻziga boʻysundirishni taʼminlash, xizmatni oʻtash chogʻida oʻzi uchun imtiyozli sharoitlar yaratish maqsadida bir harbiy xizmatchining boshqasiga nisbatan turli xil zoʻrliklar ishlatishi, uning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitishi tushunilishi lozim. Ushbu qoidalar xizmat mavqeyi va harbiy unvoni teng, shuningdek, katta va kichik, lekin tobelik munosabatlarida boʻlmagan shaxslar oʻrtasida buzilsa, JKning 285-moddasi boʻyicha jinoiy javobgarlik vujudga keladi. Bir-biriga tobelik munosabatlarida boʻlgan va boʻlmagan shaxslar tomonidan zoʻrlik harakatlari birgalikda sodir etilgan holatlarni tavsiflash birmuncha murakkabroq. Masalan, ham aybdorga va ham jabrlanuvchiga boshliq boʻlgan harbiy xizmatchi muddatli harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan ustavga zid harakatlarga qoʻshiladi yoki tobe shaxs oʻz boshligʻining zoʻravonlik harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Bunday hollarda boshliqning oʻziga tobe shaxs tomonidan sodir etilgan ustavga zid zoʻravonlik harakatlarida ishtirok etishini harbiy mansabdorlik jinoyati sifatida JKning 301-moddasi bilan tavsiflash lozim. Agar boshliq tomonidan xizmat mavqeyi oʻzi bilan teng shaxslarga nisbatan sodir etilgan ustavga zid harakatlarga, jabrlanuvchiga ham, aybdorga ham tobe shaxs kelib qoʻshilsa, boshliqning harakatlari JKning 285-moddasi , tobe shaxsning harakatlari esa, jinoyatga sherik sifatida JKning 28 , 285-moddalari bilan tavsiflanishi lozim.