Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 29-band. Harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish…

Harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish aybdorlar harbiy xizmatning maxsus turlari boʻyicha majburiyatlarni bajarayotgan paytda sodir etilishi mumkin (qorovullik, ichki xizmat, harbiy navbatchilik va hokazolar). Agar aybdor tomonidan ayni paytda maxsus xizmat qoidalari ham buzilsa, bu harakatlar JKning 285-moddasi va u yoki bu xizmat turini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalar majmui bilan tavsiflanishi lozim. Maxsus xizmat turlarini oʻtash qoidalarini buzish, faqat oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish ayni paytda maxsus xizmat turlarini oʻtash qoidalarini ham buzilishiga olib kelsagina alohida huquqiy baholanishi mumkin (misol uchun, qism yoki boʻlinma ichki naryadiga kiruvchi shaxs tomonidan).