Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 39-band. Harbiy xizmat vazifalarini oʻtashdan bosh tortish — harbiy xizmatchi tomonidan…

Harbiy xizmat vazifalarini oʻtashdan bosh tortish — harbiy xizmatchi tomonidan ochiqdan-ochiq, yolgʻon ishlatmasdan, ogʻzaki, yozma yoki boshqa yoʻl bilan harbiy xizmatni oʻtash yoki uning baʼzi majburiyatlarini bajarishni istamaslikda va amalda ularni bajarmay qoʻyishda namoyon boʻladi. Tobe shaxsning oʻz qoʻmondonining muayyan topshiriqlarini bajarishdan bosh tortishi (masalan, xizmat safariga joʻnash, sutkalik naryadga kirishish va hokazo) harbiy xizmatdan umuman bosh tortish sifatida koʻrilishi mumkin emas. Bunday harakatlar boʻysunmaslik jinoyati tarkibini tashkil qiladi, chunki bunday holda qoʻmondon talabi buyruq xususiyatiga ega boʻlib, harakat esa, harbiy xizmatni oʻtashdan bosh tortishga emas, balki buyruqni ochiqdan-ochiq bajarmaslikka qaratilgan.