JKning 298-moddasi jangovar, maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish natijasida kelib chiqqan barcha oqibatlarni, jumladan, bir necha odamlarning halok boʻlishini ham nazarda tutadi. Shuning uchun bir necha odamlarning oʻlimiga olib kelganlik alomati mavjudligining oʻzi qilmishni JKning 262-moddasi bilan tavsiflash uchun asos boʻlmaydi. Boshqarish qoidalarini buzgan shaxs tomonidan ayni paytda jabrlanuvchiga yordam koʻrsatmaslik JKning 298-moddasi dispozitsiyasi doirasidan tashqariga chiqadi va JKning 117-moddasi bilan qoʻshimcha tavsiflashni talab qiladi.