Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 5-band. Oʻz xizmat maqomi va harbiy unvoniga koʻra, boshqa harbiy xizmatchilarga nisbatan…

Oʻz xizmat maqomi va harbiy unvoniga koʻra, boshqa harbiy xizmatchilarga nisbatan ularning boshligʻi yoxud boʻysunuvchisi sanalmagan harbiy xizmatchilar katta yoxud kichik boʻlishlari mumkin. Kattalik harbiy xizmatchilarning harbiy unvoniga qarab belgilanadi. Harbiy unvoni boʻyicha kattalar, kichik harbiy unvondagi harbiy xizmatchilarning harbiy intizomini, jamoat tartibini, axloq, harbiy kiyim-kechakni kiyish va askarcha salomlashishni bajarish qoidalarini buzgan hollarda, ulardan bu buzishlarni bartaraf etishlarini talab qilishlari lozim. Unvon boʻyicha kichiklar kattalarning bunday talablarini soʻzsiz bajarishga majburdirlar.