Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 55-band. Harbiy mansabdorlik jinoyatlari harbiy boshqaruv organlarining Qurolli kuchlar…

Harbiy mansabdorlik jinoyatlari harbiy boshqaruv organlarining Qurolli kuchlar salohiyatini mustahkamlash manfaatlariga mos keluvchi, toʻgʻri faoliyatiga, harbiy boshliq va mansabdor shaxslar uchun belgilangan xizmat vazifalarini amalga oshirish tartibiga tajovuz qiladi. Harbiy mansabdorlik jinoyatlarning subyektlari harbiy boshliqlar va boshqa mansabdor shaxslar boʻlishi mumkin. Ichki xizmat Nizomiga muvofiq boshliq xizmat mavqeyi (lavozimi)ga va harbiy unvoniga koʻra boʻlishi mumkin. Harbiy mansabdor shaxslarning namunaviy roʻyxatlari Ichki xizmat Nizomida, Intizom Nizomida, Garnizon va qorovullik xizmatlari Nizomida va boshqa huquqiy aktlarda keltirilgan. Boshqa harbiy xizmatchilar ham, agar ular boshliq boʻlmay turib, muayyan tashkiliy — farmoyish berish yoki maʼmuriy — xoʻjalik vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan lavozimlarni doimiy yoki vaqtincha egallab tursa, yoki bu vazifalarni qoʻmondonlikning maxsus farmoyishi boʻyicha bajarsa, mansabdor shaxs boʻlishi mumkin. Ushbu vazifalarni bajarish uchun harbiy xizmatchilarga yuridik ahamiyatga ega harakatlar sodir eta olishi bilan bogʻliq tegishli vakolatlar beriladi. Harbiy mansabdorlik jinoyatlarining ijrochilari sifatida faqat boshliqlar va mansabdor shaxslar, ishtirokchilari boʻlib esa, boshqa shaxslar ham boʻlishi mumkin. Harbiy mansabdorlik jinoyatlarining oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, uni sodir etishdan kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli oqibatlar, baʼzan, aybdor tomonidan bevosita emas, balki xizmat boʻyicha unga tobe shaxslardan foydalanish, ularga noqonuniy buyruq berish orqali yetkazilishi mumkin. Bunday buyruqni qasddan bergan mansabdor shaxs noqonuniy buyruqni ijro etish natijasida kelib chiqqan oqibatlar uchun javob beradi. Bunday holda uning xatti-harakati shaxsan oʻzi sodir etgani singari mansabdorlik jinoyati sifatida, agar oqibatlarning oʻzi mustaqil jinoyatni tashkil etsa, qilmishlar majmui bilan tavsiflanishi lozim. Mansabdor shaxsning notoʻgʻri harakatlari bilan u sodir etgan jin