Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 8-band. Jangovar vaziyat — harbiy qism yoki boʻlinmaning dushman bilan bevosita yuzma-yuz…

Jangovar vaziyat — harbiy qism yoki boʻlinmaning dushman bilan bevosita yuzma-yuz toʻqnashishi yoki toʻqnashish xavfi bilan tavsiflanuvchi operativ holat. Bunday toʻqnashish urush sharoitida ham, tinchlik sharoitda ham vujudga kelishi mumkin. Tinchlik sharoitdagi jangovar vaziyat Oʻzbekiston Respublikasi hududining yaxlitligi va daxlsizligiga qarshi qaratilgan noqonuniy tuzilmalarning qurollangan harakatlari natijasida yuzaga kelishi mumkin.