Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrayotganda birinchi bosqich sudlari tomonidan iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya qilinishiga alohida eʼtibor qaratish, ularni qoʻllashda yoʻl qoʻyilgan xatolarni muntazam tahlil qilib borish va bartaraf etish tavsiya etilsin.