Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 16-band. Sudya jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi…

Sudya jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi taqdimnoma (iltimosnoma) koʻriladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida mahkum, uning qonuniy vakili, advokat, shuningdek jazoni ijro etuvchi organ maʼmuriyati va prokurorni oldindan xabardor etishi lozim. Sud majlisida jazoni ijro etuvchi organ vakili sifatida mazkur organ rahbari tomonidan berilgan ishonchnoma asosida tegishli vakolatga ega shaxs ishtirok etishi mumkin. Sudya jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrish paytida sud majlisida mahkumning shaxsan ishtirokini taʼminlashi shart.