Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 17-band. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan…

Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi taqdimnoma (iltimosnoma)ni koʻrib chiqish boʻyicha sud majlisi taqdimnoma (iltimosnoma)ni oʻqib eshittirish bilan boshlanadi. Shundan keyin sud masalani hal qilish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarni tekshirib chiqadi, sud majlisida hozir boʻlgan shaxslar va prokurorning fikrini eshitadi. Mahkum va uning himoyachisi eng oxirida soʻzga chiqadi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.