JK 75-moddasining birinchi qismi mazmuniga koʻra, shaxsni ogʻir kasallikka chalinganligi munosabati bilan jazoni oʻtashdan ozod qilish masalasini hal etishda mahkumda tayinlangan jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan kasallikning aniqlanishi hal etuvchi ahamiyatga ega. Jazoni ijro etuvchi organning tegishli taqdimnomasini koʻrishda, sud Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008-yil 9-sentabrda 1854-son bilan roʻyxatga olingan Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2008-yil 13-avgustdagi 12/9-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ogʻir kasallikka chalingan mahkumlarni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish uchun asos boʻladigan kasalliklar roʻyxati” asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi maxsus tibbiy komissiyasining xulosasiga baho beradi.