Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish, kasallikka chalinganligi yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi munosabati bilan jazodan ozod qilishga oid materiallarni sud tomonidan koʻrib chiqish muddatlari qonunda tartibga solinmaganligi tufayli, sudlar ular kelib tushgan paytdan boshlab oʻn sutka mobaynida koʻrib chiqilishini taʼminlashlari lozim (JPK 590-moddasi ikkinchi qismiga analogiya).