Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 3-band. Jazo amnistiya (afv) aktiga koʻra, qisqartirilgan yoki sud tomonidan kamaytirilgan…

Jazo amnistiya (afv) aktiga koʻra, qisqartirilgan yoki sud tomonidan kamaytirilgan hollarda jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishni qoʻllashda, jazoning haqiqatda oʻtalgan qismi amnistiya (afv) akti qoʻllanilganidan keyin qolgan yoki sud ajrimi (qarori)da koʻrsatilgan jazo muddatidan kelib chiqib hisoblanishi lozim. Agar shaxs turli toifaga oid bir necha jinoyat yoki bir necha hukm majmui boʻyicha sudlangan boʻlsa, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish masalasini hal etishda, jinoyatlar yoki hukmlar majmui boʻyicha tayinlangan uzil-kesil jazodan kelib chiqish lozim. Jazoning uni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki yengilrogʻi bilan almashtirish imkoniyatini beruvchi va haqiqatda oʻtalishi shart boʻlgan jazo muddatini hisoblashda, sudlar jinoyatlar va hukmlar majmuiga kiruvchi va eng ogʻir jinoyat uchun JK 73 , 74 , 89 , 90-moddalari uchinchi qismi “a” “b” “v” bandlarida nazarda tutilgan qoidalarni qoʻllashlari lozim; JK 73-moddasining 4-qismida koʻrsatilgan shaxslar boshqa jinoyat sodir etganligi aniqlanib, keyingi hukm boʻyicha jazolar JKning 59-moddasi 8-qismi yoki 60-moddasi tartibida qoʻshilganda, JK 73-moddasining 4-qismida nazarda tutilgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan boʻlsa jazoning oʻtalmagan qismi yengilrogʻi bilan almashtirilishi yoki jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilinishi mumkin emas. 3¹. Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish: a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsga; b) oʻta xavfli retsidivistga; v) uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilariga; g) javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirganlik, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondir