Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 6-band. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish instituti JK 74-moddasiga muvofiq…

Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish instituti JK 74-moddasiga muvofiq jazosi yengilroq jazo turi bilan almashtirilgan shaxslarga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, mahkum tomonidan yengilroq jazoning JK 73-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan, mazkur jazo ijrosi boshlangan kundan hisoblanadigan muayyan muddati amalda oʻtalganidan soʻng u jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishi mumkin.