Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 8-band. Daromadlarni legallashtirish jinoyatini sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga…

Daromadlarni legallashtirish jinoyatini sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan jazo belgilashda, sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorida bayon etilgan tushuntirishlarga qatʼiy rioya etishlari lozim. Shu bilan birga, JK 243-moddasi dispozitsiyasida daromadlarni legallashtirish uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqadigan miqdor belgilanmaganligini, mazkur moddaning sanksiyasi esa, faqat ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutishini inobatga olib, sudlar, insonparvarlik va odillik prinsiplariga amal qilib jazo mutanosibligini JK sakkizinchi boʻlimida berilgan miqdorlar (ancha, koʻp, juda koʻp miqdor)ga doir tushunchalarga tayangan holda belgilashlari lozim.