Sudlar har bir jinoyat ishini oʻz ish yurituviga olish paytida dastlabki tergov organlari tomonidan JPK 380-moddasi birinchi qismining ayblov xulosasiga hamda surishtiruv organlari tomonidan JPK 381¹²-moddasi uchinchi qismining ayblov dalolatnomasiga protsessual chiqimlar turi va miqdoriga doir maʼlumotnoma ilova qilinishi toʻgʻrisidagi talabi bajarilganligini tekshirishlari lozim. Bunday maʼlumotnoma yarashuv toʻgʻrisidagi ariza, ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bilan sudga yuboriladigan ish boʻyicha ham ilova etilishi shart. Dastlabki tergov va surishtiruv davrida qonun ushbu normasi talabi bajarilmaganligini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 570-son qarori talablariga asosan hisoblanmaganligi aniqlagan taqdirda, sudya qonun analogiyasi boʻyicha (JPK 398-moddasi) surishtiruvchi va tergovchi zimmasiga tegishli maʼlumotnomani taqdim etish vazifasini yuklaydi.