Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini ijro etishga oid qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 12-band. Sud qarorlarining toʻliq va tushunarliligi ularni samarali ijro etishning muhim…

Sud qarorlarining toʻliq va tushunarliligi ularni samarali ijro etishning muhim shartlaridan biri hisoblanishi tufayli, har bir hukm JPK 457-moddasiga koʻra hukm chiqarish chogʻida sud hal etishi shart boʻlgan barcha masalalarga javoblarni oʻzida aks ettirishi lozim. Ayblov yoki oqlov hukmining qaror qismida JPK 468 , 470 va 471-moddalarida nazarda tutilgan masalalar shunday tarzda hal qilinishi va bayon etilishi lozimki, toki hukm ijrosi paytida hech qanday qiyinchilik yuzaga kelmasin.