JPK 533-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, sud hukmning jarima solishga oid qismi ijrosini olti oygacha kechiktirishga yoki boʻlib-boʻlib toʻlashni belgilashga haqli. Shuni nazarda tutish lozimki, qonunning mazkur normasida hukmning jarimaga yoki ziyonni qoplashga oid qismi boʻyicha toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash (ijroni uzaytirish) uchun belgilanadigan muddat chegaralanmagan. Bunday hollarda boʻlib-boʻlib toʻlash davri, shuningdek oylik toʻlovlar summasi, sud tomonidan ishning muayyan holatlarini va mahkumning moddiy ahvolini eʼtiborga olib hal qilinadi.