Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini ijro etishga oid qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 8-band. JK 72-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, sud sinov muddati davomida shartli hukm qilingan…

JK 72-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, sud sinov muddati davomida shartli hukm qilingan shaxs xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasi boʻyicha shartli hukm qilingan shaxsga nisbatan: muqaddam belgilangan majburiyatlarni toʻliq yoki qisman bekor qilishi mumkin, basharti mahkum unga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan bajarayotganligi, yashash, ishlash, oʻqish yoki xizmat joyida ijobiy tavsiflanayotganligi, uning xulqi ustidan shikoyat kelib tushmaganligi, shuningdek, boshqa holatlar (homiladorlik yoki bola tugʻilishi, pensiya yoshiga toʻlishi, nogironlik va h.k.) aniqlansa; yangi majburiyatlar yuklashi mumkin, basharti mahkum uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga unga nisbatan yuklatilgan majburiyatlarga rioya etayotganligi toʻgʻrisida xabar bermaganligi, ushbu majburiyatlarni bajarmaganligi, oʻsha organ chaqiruvi boʻyicha yetib kelmaganligi, shuningdek mahkumga boshqa majburiyatlar yuklash maqsadga muvofiqligidan dalolat beruvchi boshqa holatlar aniqlansa.