Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 20-band. JPK 483-moddasiga muvofiq apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari shikoyat…

JPK 483-moddasiga muvofiq apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari shikoyat (protest)da bayon etilgan vajlar bilangina chegaralanmasdan, sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini toʻla hajmda tekshirishi shart. Ish boʻyicha bir necha mahkum (oqlangan shaxs) oʻtgan boʻlib, hukm ustidan ulardan ayrimlari shikoyat bergan hollarda ham apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida ish barcha mahkumlarga (oqlangan shaxslarga) nisbatan koʻriladi. Biroq agar bu mahkum (oqlangan shaxs)ning ahvolini ogʻirlashuviga olib kelsa, prokuror protesti yoki jabrlanuvchining shikoyati boʻlmagan hollarda, sud shikoyat (protest)da keltirilgan vajlar doirasidan chetga chiqishga, shuningdek, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati bermagan mahkumlar (oqlangan shaxslar)ga nisbatan ishni koʻrishga haqli emas (JPK 494-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari). Apellyatsiya tartibida shikoyat bermagan shaxs, agar apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor xulosalar qilinmagan boʻlsa, sud qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqini saqlab qoladi.