Qonunga koʻra apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) hukm chiqargan sud orqali beriladi. Apellyatsiya shikoyati (protesti) hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi, (fuqaroviy daʼvogar) tomonidan esa, ularga hukm nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran shuncha muddat ichida beriladi. Belgilangan muddatlarda bevosita apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlariga berilgan shikoyat (protest) JPK 479-moddasi hamda 497⁶-moddasi , shuningdek, 503-moddasi talablarini bajarish uchun hukm chiqargan sudga yuborilishi kerak. Har bir apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan sana koʻrsatilgan holda roʻyxatga olinishi shart.