Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari hukmni bekor qilish uchun asoslar mavjud boʻlganda quyidagilarga haqli: 1) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmi chiqarishga; 2) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmi chiqarishga; 3) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmi chiqarishga; 4) ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini tugatishga; 5) JPK 493-moddasining 4-qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, sudning ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborishga. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ushbu bandning 1 — 3-kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya, kassatsiya hukmini chiqaradi.