Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 35-band. Apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlari jinoyat ishini koʻrib chiqishda ilgari…

Apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlari jinoyat ishini koʻrib chiqishda ilgari aniqlangan holatlar bilan birga ish boʻyicha JPK 83-moddasi hamda 84-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlangan boʻlsa yoki ish boʻyicha toʻplangan dalillar mahkumni aybdor deb topish uchun yetarli boʻlmasa, shuningdek, qoʻshimcha dalillarni toʻplash imkoniyati qolmagan boʻlsa, JPK 496-moddasiga muvofiq, sud qarorini bekor qiladi va jinoyat ishini tugatadi.