Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 36-band. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari jinoyat ishini koʻrish natijalariga koʻra

Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari jinoyat ishini koʻrish natijalariga koʻra: JPK 497²⁶ , 509⁹-moddalari birinchi qismining 1-bandida , 5 — 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — ajrim; JPK 497²⁶ , 509⁹-moddalari birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — hukm; bir vaqtning oʻzida har ikkala holat yuzasidan qaror qabul qilish lozim boʻlsa, tegishlicha alohida hukm va ajrim chiqaradi.