Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 37-band. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimi JPK 497³¹ , 509¹⁰-moddalari…

Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimi JPK 497³¹ , 509¹⁰-moddalari talablariga muvofiq boʻlishi, jumladan, unda apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)da keltirilgan har bir vaj muhokama etilib, uning asosliligi yoki asossizligi yuzasidan xulosalar bayon etilishi shart. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining hukmi, ajrimi eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va JPK 497³¹-moddasining sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari hamda 509¹⁰-moddasining oltinchi va yettinchi qismlarida koʻrsatilgan muddatlarda ijro etiladi.