JPK 298-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov yuritilgan yoki sud muhokamasi vaqtida qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilganligini aniqlagan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari JPK 497³² , 509¹¹-moddalariga asosan xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan tegishli organ yoki mansabdor shaxsning eʼtiborini bunga qaratishi mumkin. Sud qarori oʻzgarishsiz qoldirilganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari uning qonuniyligi va asosliligini shubha ostiga qoʻyuvchi xususiy ajrim chiqarishga haqli emas.